Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Trezege: "Mbappe jahon chempionatida hammadan qasos olishga harakat qiladi"

Trezege: "Mbappe jahon chempionatida hammadan qasos olishga harakat qiladi"

David Trezege Kilian Mbappening "Real"dagi mavsumi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Rostini aytsam, Mbappe dunyoning uch-to‘rtta eng yaxshi futbolchisi orasida qolmoqda. Albatta, klub miqyosida u hali sovrin olmadi.

"Real"da bo‘lganingizda, sizdan talab qilinadigan yagona narsa - g‘alaba qozonish. U La Liga, Kubok yoki Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonmagan.

Shunga qaramay, Mbappe individual miqyosda o‘ziga xos edi va, albatta, uning maqsadi "Real Madrid" bilan sovrinlar yutishdir.

U klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida hammadan o‘ch olishga harakat qiladi. Ayniqsa, u Xabi Alonso qo‘l ostida bo‘ladi.

Alonsoning o‘zi "Real Madrid" futbolchisi edi, bu uning uyi, u o‘zini qanday tutishni juda yaxshi biladi.

Menimcha, Mbappening jamoada bo‘lishi muammodan ko‘ra ko‘proq yechim bo‘ladi", - deydi Fransiyaning sobiq hujumchisi David Trezege.

Kiritildi: 16:32 06.06.2025. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!