Tez orada erkin agent sifatida jamoani tark etadigan "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida "stories" qoldirdi.
Trent butsa kiyayotgani aks etgan suratini joyladi. Unga "20 yil. Hammasini berdim", deb izoh qoldirdi.
Futbolchi katta futboldagi faoliyatini 6 yoshida "Liverpul"ning bolalar jamoasida boshlagan. Angliya chempionatining so‘nggi turidan o‘rin olgan "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yin Aleksandr-Arnold uchun o‘z klubi safidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin.
Trent tez orada "Real" futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.