Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Trampning vakillari Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga bordi

Trampning vakillari Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga bordi

AQSh prezidenti Donald Trampning vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner 12 noyabr kuni Moskvaga yetib keldi. Ular Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.

Uchrashuvda 10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida AQSH, Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalari ko‘rib chiqiladi.

Mazkur muzokaralarda tomonlar harbiy asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq hududiy masalalar va xavfsizlik kafolatlari yuzasidan jiddiy kelishmovchiliklar saqlanib qolmoqda.

Uitkoff va Kushner Moskvadagi uchrashuvdan keyin Irlandiya poytaxti Dublinga yo‘l oladi. U yerda AQSh delegasiyasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazib, Putin bilan uchrashuv natijalarini muhokama qilishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 11:54 12.11.2026. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik