Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Trampning sobiq vakili Kiyevga Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni tavsiya qildi

Trampning sobiq vakili Kiyevga Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni tavsiya qildi

DW nashrining Donald Trampning Vladimir Zelenskiyga Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilmaslik haqidagi chaqiriqlariga Ukraina qanday javob berishi kerakligi haqidagi savoliga AQSh generali Kit Kellog qisqa javob berdi: «Neftni qayta ishlash zavodlarini yoqish kerak».

AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha sobiq maxsus vakili, shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda tashabbus Moskva tomoniga o‘tayotgani haqidagi fikrga ham qo‘shilmadi. Bu, jumladan, AQSh bilan tuzilgan dizel yoqilg‘isi bo‘yicha kelishuv bilan bog‘lanayotgan edi.

«Bu kelishuv ko‘proq AQShning ichki sabablari bilan bog‘liq», — dedi Kellog Varshavada bo‘lib o‘tgan xavfsizlik konferensiyasi doirasida DW nashriga bergan suhbatida.

Kellog Oq uy rahbari «Ukrainaga xiyonat qildi» degan fikrga ham qo‘shilmadi. Uning ta’kidlashicha, Yevropada shunday deb hisoblayotganlar yanglishmoqda.

General bu boradagi savolga qarshi savol bilan javob berdi:

«Nega Yevropa haligacha Rossiyadan o‘z neftining 3 foizini sotib olmoqda? Nega suyultirilgan tabiiy gazning 15 foizi hamon Rossiyadan kelmoqda? Bu ham sizlar Ukrainaga xiyonat qilganingizni anglatadimi?»


Kiritildi: Bugun 08:33. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!