Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniyada robot 16 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etdi

Germaniyada robot 16 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etdi

Germaniyada robot 16 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etdi — polisiya tergov boshladi.

Germaniyaning Kyoln shahrida robot ishtirokida sodir bo‘lgan jinsiy tajovuz holati yuzasidan polisiya tergov olib bormoqda. BILD nashrining xabar berishicha, bo‘yi taxminan 1,2 metr bo‘lgan robot 16 yoshli qizga orqa tomondan yaqinlashib, uning dumbasiga tekkan va jinsiy xarakterdagi harakatlarni amalga oshira boshlagan.

Hodisa 11 oktyabrga o‘tar kechasi, yarim tunda yaqin, shahar markazidagi restoran yaqinida sodir bo‘lgan. O‘sha paytda qiz ikki dugonasi bilan birga bo‘lgan.

Taxminlarga ko‘ra, robotning 16 yoshli egasi va uning 19 yoshli tanishi voqeani videoga olib, mashina harakatlarini sharhlab turgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatgan.

Polisiya chaqirilganidan so‘ng huquq-tartibot xodimlari voqea ishtirokchilarini yaqin atrofdan aniqlagan. Bu vaqtga kelib robot avtomobil yukxonasiga yashirib qo‘yilgan edi. Polisiya qurilma va gumonlanuvchilarga tegishli ikkita mobil telefonni ashyoviy dalil sifatida olib qo‘ygan.

Ayni paytda tergovchilar robot qanday boshqarilgani va uning harakatlari kimdir tomonidan ataylab yo‘naltirilgan-yo‘naltirilmaganini aniqlamoqda.

Mazkur holat yuzasidan polisiya jinsiy tajovuz gumoni bilan tergov boshladi.

Kiritildi: Bugun 08:12. O'qildi: 1230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!