Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy dizel yoqilg‘isi narxlari oshishida Trampning o‘zini aybladi

Zelenskiy dizel yoqilg‘isi narxlari oshishida Trampning o‘zini aybladi

Ukraina prezidenti Fox News telekanaliga bergan intervyusida AQSh yetakchisining "dizel narxi Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga berilgan zarbalar tufayli o‘smoqda" degan fikriga qo‘shilmasligini aytdi.

"Dizel yoqilg‘isi narxlari bizning Rossiyadagi dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish bilan bog‘liq ob’ektlarga bergan zarbalarimizga aloqador emas. Bu Ho‘rmuz bo‘g‘ozining to‘sib qo‘yilishiga bog‘liq", — dedi u.

Vladimir Zelenskiyning boshqa bayonotlari:

◾️ O‘tgan tunda biz Rossiyadagi hech qanday energetika ob’ektlariga hujum qilmadik, chunki Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasida energetik sulh bo‘lishini aytgan edi;

◾️ Ammo Rossiya bizning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarimiz, energetika infratuzilmamiz va boshqa ob’ektlarimizga hujum qildi. O‘ylaymanki, bu Putinning prezident Trampga javobi bo‘ldi;

◾️ Agar Tramp Ukrainadagi rahbarni o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, shuni bilishi kerakki, faqat xalqimiz rahbarni o‘zgartirishi mumkin. Men saylovlarga tayyorman. Saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun infratuzilma xavfsizligini ta’minlashga bizga kamida 60 kun kerak.

Kiritildi: 23:44 12.10.2026. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!