Budapesht Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib bermaydi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Peter Madyar ma’lum qildi.
“Vengriya Ukrainaga qurolli yordam ko‘rsatish niyatida emas va o‘z hududi orqali qurol yetkazib berish tranzitiga yo‘l qo‘ymaydi”, - dedi u Finlyandiyaning “Helsingin Sanomat” gazetasiga bergan intervyusida.
Vengriya hukumat rahbari Karpatortidagi venger ozchiligining huquqlari muhimligini ta’kidladi. Madyarning so‘zlariga ko‘ra, bu masalani hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Madyar 2026 yil mayida mamlakat hukumati tepasiga keldi. U bu lavozimda 2010 yildan beri hukumatni boshqargan Viktor Orbanning o‘rnini egalladi.
Hokimiyatga kelganidan so‘ng Vengriyaning yangi bosh vaziri Rossiya bilan, ayniqsa, iqtisodiy sohada pragmatik munosabatlarni saqlab qolish niyati borligini bildirdi.
Moskva G‘arbning Ukraina rejimiga qurol yetkazib berishi mojaroni cho‘zishini bir necha bor ta’kidlagan va qurol ortilgan har qanday transport Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishidan ogohlantirgan.