Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiyada turistlar avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashuvida 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada turistlar avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashuvida 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Manisa provinsiyasida sayyohlik avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashuvida 11 kishi halok bo‘ldi va 27 kishi jarohat oldi.

Avariya «Gebze — Orxangazi — Izmir» avtomagistralining Oqhisor tumanidagi pullik yo‘l stansiyasi yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga tez yordam mashinalari, o‘t o‘chiruvchilar va polisiya yuborilgan.

ntv.com.tr xabariga ko‘ra, avtobus Bursadan Denizli provinsiyasining Pamukkale tumaniga ketayotgan edi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, avtobus haydovchisi kerakli chorrahadan o‘tib, keyin orqaga qaytishga harakat qilgan. O‘sha paytda yuk mashinasi avtobusga orqadan urilgan. Hozirda avariya holatlari tekshirilmoqda.

Manisa provinsiyasi gubernatori Vahdettin O‘zkanning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlardan birining ahvoli og‘ir. Qolgan jarohatlanganlar mintaqadagi turli kasalxonalarga yotqizilgan.

Prokuratura tomonidan baxtsiz hodisa bo‘yicha tergov boshlandi.

Kiritildi: Bugun 01:00. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!