Trampning savdo bojlari AQSh dollari va “Amerika asri” gegemonligiga yakun yasashi mumkin, deb xabar bermoqda Euractiv
"Bojlarning joriy etilishi, albatta, Yevropa uchun yomon xabar, biroq ular tahlilchilarga ko‘ra, AQShning o‘zi uchun “potensial halokatli” bo‘lishi mumkin. Bu holat Yevropada YAIMining kamayishiga olib keladi, ammo bu kamayish Qo‘shma Shtatlardagi ishlab chiqarish hajmidagidan ancha kam bo‘ladi", deb yozadi nashr mutaxassislarning fikriga tayanib.
Qayd etilishicha, Trampning proteksionistik siyosati va umumiy beqarorlik global iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zgartirishi, ko‘p qutblilik jarayonini tezlashtirishi va dollarning gegemonligiga yakun yasashi mumkin.