Sanepidqo‘mita o‘ta xavfli yuqumli kasallik tarqatuvchi “uyg‘onganini” aytib, ogohlikka chaqirdi.
Sanepidqo‘mita bosh mutaxassisining ta’kidlashicha, qrim-kongo gemorragik kasalligi bu kanalar chaqishi oqibatida kelib chiqadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik hisoblanadi. Bu kasallikni yuqtirib olmaslik uchun quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
Kasallikning asosiy belgilari:
To‘satdan isitma;
Bosh og‘rig‘i;
Mushak va bel og‘rig‘i;
Ko‘ngil aynishi, qusish;
Ich ketish yoki qon aralash najas;
Gemorragik (qon ketish bilan bog‘liq) holatlar — ya’ni, burundan, milkdan qon ketishi, teri ostiga qon quyilishi va h.k.