AQSh prezidenti Donald Trampning Pekinga tashrifidan keyin Amerikaning Tayvanga bo‘lgan munosabati o‘zgarishsiz qoldi.
Bu haqda Pentagon kotibi Pit Xegset Singapurdagi xalqaro xavfsizlik forumidagi nutqida shunday dedi.
"Men Pekindagi uchrashuvlarda ishtirok etdim va [tasdiqlay olamanki] bizning pozisiyamiz o‘zgarmagan", dedi u va "Tayvanga kelajakda qurol sotish bo‘yicha har qanday qaror Prezident tomonidan qabul qilinishini" ta’kidladi.
Avvalroq Tramp Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan muzokaralari davomida Tayvanga 14 milliard dollarlik AQSh qurollarini sotish imkoniyati muhokama qilinganini, ammo kelishuv bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini e’lon qilgan edi. Amerika prezidenti Qo‘shma Shtatlarning Xitoy bilan qurolli mojaroga aralashishini istamasligini ta’kidladi.
AQSh dengiz floti qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi Xang Kao keyinchalik Vashington Eronga qarshi harbiy harakatlarga qurol yo‘naltirish zarurati tufayli bu masalani "to‘xtatib qo‘yganini" tushuntirdi.