Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Trampning navbatdagi talabi

Trampning navbatdagi talabi

AQSh prezidenti Donald Tramp Panama va Suvaysh kanallari ma’muriyatidan AQSh bayrog‘i ostidagi harbiy va fuqarolik kemalarining o‘tishi uchun to‘lovlarni bekor qilishni talab etdi. Oq uy rahbari bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"Amerika kemalari - xoh harbiy, xoh tijorat bo‘lsin - Panama va Suvaysh kanallaridan bepul o‘tishi kerak! Bu kanallar AQShsiz mavjud bo‘lmasdi. Men davlat kotibi Marko Rubiodan ushbu vaziyatni darhol o‘rganib chiqishni va hisobot tayyorlashni so‘radim," deya yozdi Tramp.

Tramp prezidentlikka saylangach, agar Panama kanalidan foydalanishning amaldagi shartlari qayta ko‘rib chiqilmasa, Vashington uni o‘z nazoratiga qaytarishni talab qilishi mumkinligini bildirgan edi. U Amerika kemalari uchun tariflar juda yuqori ekanligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 16:08 27.04.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!