Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Trampning millatga murojaati: 2025 yildagi investisiyalar va AQSh yutuqlari

Trampning millatga murojaati: 2025 yildagi investisiyalar va AQSh yutuqlari

AQSh prezidenti Donald Tramp ikkinchi prezidentlik muddatining birinchi yili yakunlariga bag‘ishlangan millatga murojaatida iqtisodiy islohotlar va chegara xavfsizligiga alohida e’tibor qaratdi.

Oq uydan jonli efirda namoyish etilgan nutqda Tramp o‘z ma’muriyati iqtisodiyotni «sog‘lomlashtirish» va inflyasiyani to‘xtatishga qaratilgan qat’iy choralar ko‘rganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maoshlar o‘smoqda, narxlar pasaymoqda va AQSh jahonda yana obro‘li davlatga aylanmoqda.

Prezident mamlakatga 18 trln dollar miqdorida rekord investisiya jalb etilgani, yangi ish o‘rinlarining barchasi xususiy sektorda yaratilgani va bu yutuqlarda boj tariflari muhim rol o‘ynaganini bildirdi.

Tramp Rojdestvo arafasida 1,4 milliondan ortiq harbiy xizmatchiga 1776 dollar miqdorida mukofot puli to‘lanishini ham e’lon qildi.

Chegara xavfsizligi masalasida u noqonuniy migrasiya deyarli nolga tushirilganini, narkotiklar kontrabandasi esa 94 foizga qisqarganini aytdi.

Tashqi siyosat bo‘yicha qisqacha to‘xtalar ekan, Tramp G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganini va Yaqin Sharqda tinchlikka hissa qo‘shilganini qayd etdi.

Kiritildi: 15:53 18.12.2025. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!