Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Trampning bosimi: AQSh va Daniya Grenlandiya bo‘yicha kelishuvga erishdi

Trampning bosimi: AQSh va Daniya Grenlandiya bo‘yicha kelishuvga erishdi

Vashington va Kopengagen Grenlandiya xavfsizligi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp va Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, kelishuv Qo‘shma Shtatlarga Grenlandiya xavfsizligi va boshqa masalalar ustidan doimiy nazorat imkonini beradi. U, shuningdek, Vashington Grenlandiya xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishini bildirdi.

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen esa kelishuv Arktika va Shimoliy Atlantikadagi umumiy xavfsizlikni mustahkamlashi, shu bilan birga, Daniya Qirolligining suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Grenlandiya xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini tan olishini aytdi. U hujjatning aniq bandlarini oshkor qilmadi.

Grenlandiya hukumati rahbari Yens-Frederik Nilsen ham kelishuvni olqishladi. Uning ta’kidlashicha, hujjat Grenlandiya, Daniya va AQSh xavfsizligini ta’minlash hamda mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tramp so‘nggi oylar davomida Grenlandiyani AQSh nazoratiga olish zarurligini ta’kidlab kelgan. U orolning strategik joylashuvi va tabiiy resurslari AQSh milliy xavfsizligi uchun muhim ekanini bildirgan.

Vashington, shuningdek, Grenlandiyani Rossiya va Xitoydan kelishi mumkin bo‘lgan raketa tahdidlariga qarshi ishlab chiqilayotgan “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi uchun muhim hudud deb hisoblaydi.

Kiritildi: 14:05 19.09.2026. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!