Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Eron va Shvesiya bir-birining diplomatlarini chiqarib yubordi

Eron va Shvesiya bir-birining diplomatlarini chiqarib yubordi

Eron shvesiyalik diplomatga mamlakatni tark etishni buyurdi. Bunga Shvesiyaning Stokgolmdagi Eron elchixonasi xodimini mamlakatdan haydab yuborgani sabab bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi Shvesiyaning bu harakatini asossiz deb baholadi. Vazirlik bu qaror sionistik rejimning (Isroilning) ta’siri ostida qabul qilinganini hamda Eron elchixonasi faoliyatiga xalaqit berishga qaratilganini bildirdi.

Eron TIVning G‘arbiy Yevropa bo‘yicha bosh direktori Alirizo Yusufiy Shvesiyaning Tehrondagi elchisini chaqirtirdi. U Shvesiyaning Eronga qarshi “terrorchi” guruhlarga mezbonlik qilayotganiga e’tiroz bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi Eron o‘z milliy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishini ta’kidladi. IRNA agentligining xabar berishicha, uchrashuvda Shvesiya diplomatiga Eronni tark etishi uchun 48 soat vaqt berilgani ma’lum qilingan.

Kiritildi: Bugun 01:50. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!