Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Zidan dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini aytdi

Zidan dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini aytdi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan ayni paytda jahon futbolida kimni eng kuchli deb bilishini ochiqladi.

54 yoshli mutaxassis bu borada Fransiya terma jamoasi sardori va "Real" hujumchisi Kilian Mbappega alohida urg‘u berdi.

"Mbappe — dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U hujum chizig‘idagi uchala pozisiyada ham samarali harakat qila oladi. Lekin menga uni chap qanotda ko‘rish ko‘proq yoqadi", — dedi Zidan matbuot anjumanida.

Fransiyalik mutaxassisning ushbu fikrlarini Madrid Universal nashri keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Zidan 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Didye Desham o‘rnini egallab, Fransiya milliy jamoasi boshqaruviga kelgan edi.

"Uch ranglilar" yaqin kunlarda Millatlar ligasida navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazadi. Fransiya 25 sentyabr kuni Turkiya bilan, 28 sentyabrda esa Belgiyaga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: Bugun 08:54. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!