Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp yana Grenlandiya va Kanadani "qo‘shib olish" haqida gapirdi

Tramp yana Grenlandiya va Kanadani "qo‘shib olish" haqida gapirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada AQSh tarkibiga harbiy kuch bilan qo‘shilishini real deb hisoblamasligini aytdi.

NBC News telekanaliga bergan intervyusida u shunday dedi:
«O‘ylayman, biz bu nuqtaga yetib bormaymiz. Grenlandiya bilan bog‘liq nimadir sodir bo‘lishi mumkin — ochig‘ini aytsam, u bizga milliy va xalqaro xavfsizlik uchun kerak. Lekin bu [kuch bilan hal etish] juda ehtimolsiz. Kanada bilan esa men bunday variantni umuman ko‘rmayapman».

Shu bilan birga, Tramp Kanada AQSh tarkibiga kirsa, u “qimmatli shtat”ga aylanishini ta’kidladi:
«Xaritaga qarasam, ko‘p yillar oldin lineyka bilan chizilgan sun’iy chiziqdan boshqa hech narsa yo‘q. Kanada qanday ajoyib mamlakatga aylanishi mumkinligini tasavvur ham qilolmaysiz».

Tramp avvalroq bir necha bor kanadaliklar orasida AQSh tarkibiga qo‘shilish tarafdorlari ko‘p ekanini aytgan va bunday birlashuv Kanadaga iqtisodiy barqarorlik hamda tashqi tahdidlardan himoya olib kelishiga ishonch bildirgan.

Kiritildi: 21:32 04.05.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!