Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp: "Yadroviy bombani Eronning qo‘lidan olib tashladik"

Tramp: "Yadroviy bombani Eronning qo‘lidan olib tashladik"

Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi muvaffaqiyatli harbiy operasiya o‘tkazdi va Tehronning yadroviy "bombasini" tortib oldi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social nashrida ma’lum qilgan.

"Kecha biz "bomba"ni ularning qo‘lidan tortib olib, ajoyib harbiy muvaffaqiyatga erishdik. Va agar imkoni bo‘lsa, undan foydalanishgan bo‘lardi!" - deb da’vo qildi davlat rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, “kechagi hujum Vashington uchun to‘liq va mutlaq g‘alaba bo‘ldi”.

Tramp Amerikaning Eronga zarba berishini mamlakat konstitusiyasini buzish deb atagan AQSh Kongressi Vakillar palatasining respublikachi a’zosi Tomas Massini keskin tanqid qildi. Prezident Respublikachilar partiyasidagi praymerizda o‘z partiyadoshining raqibini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Joriy yilning mart oyida AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard Amerika razvedka idoralari Tehronning yadroviy qurol yaratish ustida ishlayotgani alomatlarini ko‘rmayotganini aytdi. Shuningdek, uning ma’lumotlariga ko‘ra, Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy 2003 yilda to‘xtatilgan yadroviy qurol yaratish dasturini qayta tiklashga sanksiya qo‘ymagan. Shu bilan birga, Gabbard AQSh razvedka hamjamiyati Islom Respublikasining yadro sohasidagi faoliyatini diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 07:43 23.06.2025. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!