"Biz Xitoy bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Men borishni juda xohlardim, lekin urush tufayli shu yerda bo‘lishni istayman. Biz bu uchrashuvni taxminan bir oyga kechiktirishni so‘radik. Bundan hech qanday hiyla ko‘zlanmagan. Hammasi juda oddiy, bizda urush ketmoqda. Shuning uchun men shu yerda bo‘lishim muhim", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.
Shu bilan birga, AQSh moliya vaziri Skott Bessentning ta’kidlashicha, Tramp va Si o‘rtasidagi uchrashuvning kechiktirilishi Pekinning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishga qo‘shilish talabi bilan bog‘liq emas, deb yozadi CNBC.
Trampning Xitoyga tashrifi 31 martdan 2 aprelgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Ma’lumki, Tramp 4 fevral kuni Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Tomonlar keng ko‘lamli mavzularni, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini muhokama qildi.