Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp: "Vens Eronga dori-darmon yetkazib berishni taklif qilgan"

Tramp: "Vens Eronga dori-darmon yetkazib berishni taklif qilgan"

AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, vise-prezident Jey Di Vens Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsen Rezoiyga yo‘llagan maktubida Eron tomoniga dori-darmon yetkazib berishni taklif qilgan.

Bu haqda AQSh rahbari Vashington yaqinidagi Endryus harbiy bazasida jurnalistlarga ma’lum qildi.

Oq uy rahbaridan Vens muzokaralarni qayta boshlash maqsadida Rezoiyga maktub yo‘llagani haqidagi xabarlarga izoh berish so‘ralgan.

«Yo‘q, gap shundaki, ularga dori-darmon va boshqa yordam kerak. U (Vens — tahr.) mendan bu haqda qanday fikrda ekanimni so‘radi. Men, agar u buni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, marhamat, dedim. Aslida, gap sog‘lig‘i yomon odamlarga zarur narsalarni yetkazib berish haqida ketmoqda», — dedi Tramp.

Avvalroq The Wall Street Journal gazetasi manbalarga tayanib, Vens ushbu maktubni Trampning topshirig‘iga binoan yuborgani haqida xabar bergan edi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh vise-prezidenti Tehron va Vashington o‘rtasidagi umumiy nuqtalar ikki tomonni yaqinlashtirish va prezidentni yaqin haftalarda harbiy harakatlarni qayta boshlamaslikka ishontirish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlashga umid qilgan.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!