Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Venesuelaga qarshi dengiz qamalini e’lon qildi

Tramp Venesuelaga qarshi dengiz qamalini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Venesuelaga qatnayotgan sanksiya ostidagi neft tankerlariga qarshi dengiz qamali joriy etilganini e’lon qildi.

"Bugun men Venesuelaga ketayotgan va u yerdan chiqayotgan AQSh sanksiyalari ostidagi barcha neft tankerlarini to‘liq blokada qilishni buyurdim", — deb yozdi AQSh prezidenti.

Donald Tramp o‘z postida Nikolas Maduro boshchiligidagi Venesuela hukumatini AQSh mulkini o‘g‘irlashda (qariyb 20 yil avval ushbu mamlakatda neft konlari milliylashtirilganini nazarda tutgan), terrorizm, narkotik moddalar savdosi, odam savdosi va qotilliklarda aybladi.

"Janubiy Amerika tarixidagi eng yirik “Armada” Venesuelani butunlay qurshab oldi. Ular ilgari bizdan o‘g‘irlagan barcha neft, yer va boshqa mulklarni Qo‘shma Shtatlarga qaytarmagunicha, qamal kengayishda davom etadi", — dedi Tramp.

U shuningdek, AQSh Nikolas Maduro va uning atrofidagilarni “xorijiy terrorchilik tashkiloti” deb e’lon qilganini eslab o‘tdi.

O‘tgan hafta AQSh harbiylari Venesuela qirg‘oqlari yaqinida neft ortilgan Skipper tankerini qo‘lga olgandi. AQSh bu tankerga 2022 yilda sanksiyalar joriy qilgan bo‘lib, rasmiylarga ko‘ra, u orqali kontrabanda neft tashilgan, uning savdosidan tushgan daromadlar esa “Hizbulloh” va Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining “Al-Quds” bo‘linmasiga yo‘naltirilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp noyabrning oxirida Venesuela havo hududi yopilganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 17:10. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!