Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Venesueladagi vaziyat bo‘yicha neft kompaniyalari bilan uchrashuv o‘tkazadi

Tramp Venesueladagi vaziyat bo‘yicha neft kompaniyalari bilan uchrashuv o‘tkazadi

AQSh prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyatining asosiy a’zolari 17 ta eng yirik neft kompaniyalari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazadi. Uchrashuv mavzusi Venesueladagi vaziyat bo‘ladi.

"Tramp, AQSh davlat kotibi Marko Rubio, energetika vaziri Kris Rayt va ichki ishlar vaziri Dag Burgum bugun 17ta kompaniya rahbarlari bilan uchrashadi," - deya aniqlik kiritdi CBS telekanali.

Kompaniyalar ro‘yxatiga Chevron, Exxon, Shell, Halliburton va boshqa xalqaro korporasiyalar kiradi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:30ga belgilangan.

Kiritildi: 23:52 09.01.2026. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!