Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp vakilining taklifi rad etildi: FIFA Eron terma jamoasini qo‘llab-quvvatladi

Tramp vakilining taklifi rad etildi: FIFA Eron terma jamoasini qo‘llab-quvvatladi

FIFA shu yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Eron terma jamoasini Italiyaga almashtirish niyatida emas. Bu haqda BBC turli manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Paolo Dzampolli shunday taklif bilan chiqqan edi. AQSh va Isroil bilan bo‘layotgan urush sababli, Eronning turnirdagi ishtiroki borasida mavhumlik saqlanib qolmoqda. FIFA Dzampollining taklifiga rasmiy munosabat bildirmadi, biroq tashkilot prezidenti Janni Infantinoning o‘tgan haftadagi bayonotiga ishora qildi. O‘shanda Infantino: «Eron jamoasi albatta keladi», — deb aytgan edi.

Financial Times gazetasining yozishicha, Dzampollining ushbu rejasi AQSh va Italiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish uchun taklif etilgan. Bu kelishmovchiliklar Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni Trampning Rim papasi Lev XIV haqidagi fikrlarini tanqid qilganidan keyin yuzaga kelgan edi.

FIFA qoidalariga ko‘ra, agar biror jamoa ishtirok etishdan bosh tortsa yoki turnirdan chetlashtirilsa, tashkilot rahbariyati keyingi choralar bo‘yicha «mutlaq huquq»ga ega. Jahon chempionati reglamentining oltinchi moddasida shunday deyilgan: «FIFA tegishli ishtirokchi assosiasiyani boshqa bir assosiasiya bilan almashtirish haqida qaror qabul qilishi mumkin».

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi saralashning pley-off bosqichida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berib, qatorasiga uchinchi bor Jahon chempionati yo‘llanmasisiz qolgan edi.

Kiritildi: Bugun 19:20. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!