Turkiyalik mashhur qo‘shiqchi Ibrohim Tatlises hech qaysi farzandlariga bir tiyin ham meros qoldirmasligini ma’lum qildi.
O‘t pufagi operasiyasidan so‘ng, kasalxonadan chiqarilgan Ibrohim Tatlises merosini davlatga qoldirganini e’lon qildi.
Mashhur qo‘shiqchi o‘z bayonotida: "Hech kimga bir tiyin ham berilmaydi. Men uni davlatga qoldirdim. Ba’zi odamlar boshqalarning azob chekishiga sabab bo‘lishdi. Otam ham menga pul qoldirmadi, uni o‘zim topdim" - deydi xonanda
Ibrahim Tatlisesning 7 nafar farzandi bor.
Eslatib o‘tamiz, Ibrohim Tatlises 11 aprel kuni operasiya qilingan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning aktivlari, jumladan, Bodrum va Izmirdagi mehmonxonalar, villalar, kvartiralar, restoranlar, telekanallar va avtopark taxminan 850 million dollarga baholanmoqda.