AQSh Hind okeani g‘arbiy qismi va Fors ko‘rfazi atrofida uchta aviatashuvchi zarba guruhini jamlash arafasida. Hozirda USS Abraham Lincoln va USS Gerald Ford mintaqada faol, USS George Bush esa Arab dengizi tomon yo‘lda. U yetib kelgach, AQSh bir vaqtning o‘zida uchta aviatashuvchidan iborat kuchli zarba imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tahlilchilarga ko‘ra, bu faqat kuch namoyishi emas, balki ehtimoliy keng ko‘lamli operasiyaga tayyorgarlikdir. Bunday guruhlashuv havodan keng miqyosli zarbalar berish, Havo mudofaa tizimlarini bostirish va strategik ob’ektlarga hujum qilish imkonini beradi. Agar yaqin kunlarda diplomatik kelishuvga erishilmasa, vaziyat keskinlashib, to‘liq masshtabli to‘qnashuv ehtimoli oshishi mumkin.