AQSh prezidenti Donald Tramp KXR raisi Si Szinpin bilan “ajoyib” telefon suhbati bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. Suhbat asosan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalasiga bag‘ishlangan edi.
Trampning Truth Social’dagi xabariga ko‘ra, suhbatda qator muhim mavzular muhokama qilindi: savdo, harbiy masalalar, aprel oyidagi Trampning Xitoy safari, Tayvan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush, shuningdek Eron bilan bog‘liq vaziyat.
Tramp ta’kidlashicha, tomonlar KXRning AQShdan importni oshirish rejasini kelishib olgan: neft va gaz xaridlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (jumladan, bu mavsumda soya donasini 20 mln tonnaga, keyingi mavsumda 25 mln tonnaga yetkazish majburiyati), aviasiya dvigatellari va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Prezident Tramp AQSh va Xitoy aloqalari, shuningdek, o‘zining Si Szinpin bilan shaxsiy munosabatlari “juda yaxshi darajada” ekanini aytib, keyingi uch yilda hamkorlikdan ko‘plab ijobiy natijalarga erishishga ishonch bildirdi.
KXR rasmiylari ham telefon suhbati haqida xabar bergan va uni “muhokamali va konstruktiv” deb baholagan.