Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp va Erdo‘g‘an AQSh bilan Eron o‘rtasida Istanbulda uchrashuv tashkil qilishga urindi

Tramp va Erdo‘g‘an AQSh bilan Eron o‘rtasida Istanbulda uchrashuv tashkil qilishga urindi

Prezident Donald Tramp va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shu haftada AQSh va Eron rasmiylari o‘rtasida Istanbulda uchrashuv o‘tkazishga harakat qilishdi. Biroq bu sa’y-harakatlar Eronning oliy rahbari rozilik bermagani sababli muvaffaqiyatsiz tugadi. Bu haqda Axios nashri uch nafar amerikalik rasmiy va yana bir manbaga tayanip xabar berdi.

Dushanba kuni Tramp va Erdo‘g‘on telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida Turkiya prezidenti ertasi kuni Istanbulda AQSh va Eron rasmiylari uchrashuvini tashkil qilishni taklif qildi.

Amerika prezidenti bu fikrni qo‘llab-quvvatladi. Manbalarga ko‘ra, u vise-prezident Vens va Oq uy vakili Stiv Uitkoffni yuborishga, hattoki zarur bo‘lsa, o‘zi ham Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian bilan uchrashish uchun Turkiyaga borishga tayyor ekanini aytgan.

📞 Oq uydagi rasmiylardan biri suhbatdan bir necha soat oldin Eron tomoni uchrashuvga qiziqish bildirganini ham qo‘shimcha qilgan.

Ikki amerikalik rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Pezeshkian va Eron diplomati Abbos Aroqchӣ oliy rahbar Oyatullo Ali Xomanaiy bilan bog‘lanib, uning roziligini olishga harakat qilishgan. Biroq Xomanaiy bilan aloqa o‘rnatilmagan va shu sababli uchrashuv bekor qilingan.

Manbalarning aytishicha, Tramp va Oq uyning yuqori martabali rasmiylari diplomatik yechimga bo‘lgan umidlarini yo‘qota boshlashgan va AQSh Eron yadro dasturini yo‘q qilish uchun urush boshlashga majbur bo‘ladi, degan fikrga tobora ko‘proq ishonishmoqda.

🚫 Eron tomoni esa, ochiq va yopiq tarzda shunga ishora qilmoqdaki, ular Isroil hujumlarini to‘xtatmagunigacha AQSh bilan bevosita muzokara olib bormaydi.

Kiritildi: 14:11 22.06.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!