AQSh prezidenti bu haqda 2 noyabr kuni Air Force One bortida jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qildi.
Jurnalisning "Siz Kiyevga Tomahawk uzoq masofali qanotli raketalarini berish imkoniyatini ko‘rib chiqayapsizmi?" degan savoliga Donald Tramp "Yo‘q, bunday emas", deb javob berdi.
"Ikkala tomon ham jang qilmoqda. Vaziyat og‘ir, lekin ba’zan kurashni davom ettirish kerak", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.
Avvalroq CNN AQSh va Yevropa mamlakatlaridagi manbalariga tayanib, Pentagon Ukrainaga Tomahawk raketalarini topshirish imkoniyatiga rozi bo‘lganini, biroq bu boradagi yakuniy siyosiy qaror prezident Donald Tramp tomonidan qabul qilinishi haqida xabar qilgandi.