Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Yadroviy “Burevestnik” raketasining sinovlari AQShni Rossiya shartlarini qabul qilish va Moskva bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilishga qaratilgan

Yadroviy “Burevestnik” raketasining sinovlari AQShni Rossiya shartlarini qabul qilish va Moskva bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilishga qaratilgan

Nashr e’lon qilgan maqolada aytilishicha, bundan AQSh oxir-oqibat Rossiyaning qudratini "hurmat qilishi" va bu ularga yoqish-yoqmasligidan qat’i nazar, muzokaralar olib borishga majbur bo‘lishi maqsad qilingan.

"Kreml “Sovuq urush” davridan beri AQSh bilan urush chegarasida muvozanatni saqlab kelmoqda. O‘shanda Sovet Ittifoqi dunyoning ikki yirik yadroviy davlati uchun muzokaralar tanlov emas, balki zarurat ekanligini doimiy ravishda ta’kidlagan. So‘nggi paytlarda Moskva Rossiyani izolyasiya qilishga urinishlar, jumladan, Qo‘shma Shtatlarning yaqinda Rossiya neft qazib oluvchi kompaniyalariga qarshi qo‘llagan sanksiyalari muvaffaqiyatsizlikka mahkum ekanligini ta’kidlamoqda", – deb yozadi nashr.

Germaniya tashqi siyosat kengashining katta ilmiy xodimi Andrash Rasning aytishicha, Rossiya bu orqali G‘arb unga qarshi "shunchaki xohlagancha sanksiya qo‘llab bo‘lmasligini" tushuntirmoqchi.

"Rossiya AQSh bilan deyarli teng bo‘lgan yagona soha, shubhasiz, ommaviy qirg‘in qurollaridir. Shu sababli, ruslar ta’sir o‘tkazish vositalariga ega bo‘lish maqsadida yadroviy masalani umumiy kelishuvga kiritishga urinmoqda. Sovetlar ham xuddi shunday yo‘l tutishgan. SSSR iqtisodiyoti Qo‘shma Shtatlarnikidan ancha ortda edi. Sovetlarning haqiqiy ustunligi ularning yadroviy arsenali bo‘lgan", – deya ta’kidladi Ras.

Kiritildi: 17:32 02.11.2025. O'qildi: 1471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!