Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Ukrainaga Patriot raketalari lisenziyasini va’da qildi

Tramp Ukrainaga Patriot raketalari lisenziyasini va’da qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATOning Anqaradagi sammiti doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Kiyevdagilar Tramp va Zelenskiyning uchrashuvini ijobiy tavsiflagan. Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Sergey Kislisa «bu agar eng yaxshisi bo‘lmasa, eng yaxshi uchrashuvlardan biri» bo‘lganini aytgan. Tramp uchrashuvdan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishga va’da bergandi, biroq bunday qilmadi.

Uchrashuvning asosiy natijasi Trampning Ukrainaga Patriot tizimlari uchun raketalar ishlab chiqarishga lisenziya berilishi haqidagi bayonoti bo‘ldi. Bu Ukrainadagi havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun o‘ta muhim raketalar bo‘lib, Kiyevdagilar doimiy ravishda ularning yetishmovchiligidan shikoyat qilib keladi.

Trampning Ukrainaga o‘z raketalarini ishlab chiqarish uchun lisenziya berish haqidagi bayonoti ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi, deb yozadi The New York Times. AQSh prezidentining o‘zi Oq uy hozircha Amerikaning Patriot raketalarini ishlab chiqaruvchi birorta kompaniyasini bu haqda xabardor qilmaganini tan olgan. Lisenziyalar berish uchun mas’ul bo‘lgan Davlat departamenti mulozimlari ham Tramp bunday va’da bermoqchi bo‘lganidan oldindan xabardor bo‘lgani aniq emas.

Nima bo‘lganda ham, NYT qayd etganidek, ruxsatnoma berishning o‘zi hali birinchi qadam bo‘lib, undan keyin «eng murakkab qismi boshlanadi». Patriot tizimi uchun raketalar subpudratchilar tomonidan ishlab chiqariladigan ko‘plab komponentlardan iborat bo‘lib, ularni Ukrainada yig‘ishni tashkil etish uchun ta’minot zanjirlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish talab etiladi.

NYT bilan suhbatlashgan ekspertlar fikricha, ruxsat olishdan seriyali ishlab chiqarishga o‘tishgacha bo‘lgan jarayon bir necha yil davom etishi mumkin. Trampning oxirgi bayonotiga, qo‘shimcha harbiy yordamni tezda olish kafolati emas, balki AQShning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi haqidagi siyosiy signal sifatida qarash kerak.

AQSh hozirgacha Patriot raketalarini ishlab chiqarish uchun rasmiy lisenziyani faqat Germaniya va Yaponiyaga taqdim etgandi. Berlinga bunday ruxsatnoma 2024 yilda berilgan – lekin hozirgacha bunday raketalardan birortasi nemis harbiylari ixtiyoriga yetib kelmagan. Dastlabki partiya faqat 2027 yilga borib yetkazib berilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 15:25 10.07.2026. O'qildi: 1423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!