Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Turkiyaga F-16 sotuvini yakunlash tashabbusi bilan chiqdi

Tramp Turkiyaga F-16 sotuvini yakunlash tashabbusi bilan chiqdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaradan so‘ng Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish va unga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishni qayta tiklashni ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Fox News Digital telekanali ikki manbaga tayanib xabar berdi.

Tramp F-16 bitimini yakunlashda yordam berishga tayyorligini bildirdi va tomonlar Turkiya bilan xizmatda bo‘lgan Rossiyaning S-400 zenit-raketa komplekslarini zararsizlantirishga kelishib olsalar, Anqaraga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishni istisno qilmadi.

"Bu S-400 jihozlarini qisman demontaj qilish yoki uni AQSh nazorati ostidagi bazaga ko‘chirishni o‘z ichiga olishi mumkin”, - dedi telekanal manbalari.

Turkiyaga qarshi sanksiyalar Vashington tomonidan Rossiyadan S-400 larni sotib olganidan keyin joriy qilingan va bu AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari orasida xavotir uyg‘otgan. F-35 sotuvi muzlatilgan va Turkiya samolyot ishlab chiqarish dasturidan chiqarildi. Anqara Rossiyaning S-400 lardan foydalanishdan voz kechishni rejalashtirmayotganini bir necha bor ta’kidlagan.

Kiritildi: 09:36 22.03.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!