Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Samarqandda "yama"da cho‘milgan bloger 10 sutkaga qamaldi

Samarqandda "yama"da cho‘milgan bloger 10 sutkaga qamaldi

Samarqand viloyatida “yama”da cho‘milayotganini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan erkak 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Videoda erkak Samarqand viloyatining Urgut shahrida ekanini, yo‘llardagi chuqurlar “basseyn”dek bo‘lib yotganini ta’kidlagan.

“Mashina tushib ketib, baloni yirtilib ketdi. Hatto cho‘milishingiz ham mumkin. Hozir cho‘milib ko‘rsataman”, degan erkak videoda.

Sud majlisida blogerga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, 10 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 01:14 26.03.2025. O'qildi: 1857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!