Janubiy Koreya poytaxti Seulda katta chuqurga tushib ketgan erkakning jasadi olib chiqildi, deb xabar bermoqda “BBC” nashri.
30 yoshda ekani aytilayotgan marhum motosikl haydab ketayotganida yo‘l tasodifan o‘pirilib ketgan. Qutqaruvchilar uning jasadini voqea joyidan 50 metr chuqurlikda topishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavhalarda avtomobil haydovchisi ham jarohatlanganini ko‘rish mumkin.
Rasmiylar haligacha yerning cho‘kish sabablarini oshkor qilmadi.
Yaqinda Seul shahar hukumatiga taqdim etilgan hisobotda so‘nggi o‘n yil ichida shaharda 223 ta cho‘kma sodir bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Ma’lumot o‘rnida: yanvar oyida yuk mashinasi haydovchisi Yaponiyaning Yashio shahridagi chuqurga qulab, bedarak yo‘qolgan edi.
O‘tgan yilning avgust oyida Kuala-Lumpur markazidagi yo‘lda paydo bo‘lgan jarlikda g‘oyib bo‘lgan ayolni qidirish bir haftadan so‘ng to‘xtatilgan edi.
Chuqurning eng keng tarqalgan sabablaridan biri ohaktosh yoki bo‘r kabi jinslarning parchalanishidir. Ba’zida bu holat asta-sekin sodir bo‘lishi mumkin, lekin jarayon vaqt o‘tishi bilan kattalashadi.