Bugun 27 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Eron milliy jamoasi bosh murabbiyi: "Biz tanqidni qabul qilamiz, ammo g‘arazni emas"

Eron milliy jamoasi bosh murabbiyi: "Biz tanqidni qabul qilamiz, ammo g‘arazni emas"

Eron milliy jamoasi bosh murabbiyi Amir G‘alinoiy O‘zbekistonga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu yo‘llanma bilan Eron xalqini tabriklayman. Bu eng kichik ishimiz edi. Bizning ishimiz ertadan boshlanadi va biz Jahon chempionatining keyingi bosqichiga chiqishimiz kerak".

U so‘zini davom ettirib: "Oilamga, OAV va futbol federasiyasining sobiq rahbariyati a’zolariga minnatdorlik bildiraman. Bu o‘yin uch yoki to‘rtta gol farqi bilan Eron g‘alabasi bilan yakunlanishi kerak edi, lekin xalqimizni xursand qila olganimizdan xursandman", — dedi.

Milliy jamoa bosh murabbiyi qo‘shimcha qildi:
"Ba’zi do‘stlar jamoani o‘rganmasdan va shaxsiy adovat bilan tanqid qilishdi. Biz tanqidni qabul qilamiz, ammo g‘arazni emas. Iltimos qilaman, agar men, Amir G‘alinoiy bilan muammongiz bo‘lsa, bu futbolchilarning mehnatini savol ostiga qo‘ymang".

Kiritildi: 23:58 25.03.2025. O'qildi: 3481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!