Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Putin Shomurodov jamoasiga muxlislik qiladimi?

A A A
Putin Shomurodov jamoasiga muxlislik qiladimi?

Striscia la Notizia dasturi boshlovchisi Valerio Staffelli "Roma"ning sobiq hujumchisi Franchesko Tottidan Moskvaga "RB mukofoti"ni topshirish marosimiga tashrifi haqidagi ma’lumotga izoh berishni so‘radi.

Tadbir 8 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

"8 aprel kuni Rossiyaga borasizmi yoki yo‘qmi? Putin "Roma"ga muxlislik qilishi rostmi? – deb so‘radi Staffelli, lekin Totti unga e’tibor bermadi.

Totti, shuningdek, Italiyada sportchilar, shou-biznes yulduzlari va siyosatchilarga eng g‘alati va absurd lahzalar va harakatlar uchun beriladigan "Oltin Tapir" mukofotini olishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, "Roma" klubida hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘ynaydi.

Kiritildi: 00:26 26.03.2025. O'qildi: 3802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!