Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kreml AQSh bilan Ar-Riyodda o‘tkazilgan muzokaralar natijalari bo‘yicha rasmiy bayonot e’lon qildi

A A A
Kreml AQSh bilan Ar-Riyodda o‘tkazilgan muzokaralar natijalari bo‘yicha rasmiy bayonot e’lon qildi

Bayonotga ko‘ra, tomonlar Qora dengiz orqali don eksportini qayta tiklash va kemalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlar eksportini xalqaro bozorga qaytarishda yordam berishga rozi bo‘lgan.

Kremlning qayd etishicha, bu kelishuv faqatgina bir qancha shartlar bajarilganidan so‘ng amalga oshadi, xususan:

▪️ “Rosselxozbank” va xalqaro oziq-ovqat savdosida ishtirok etuvchi boshqa moliyaviy tashkilotlarga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanishi kerak;

▪️ Portlarda Rossiya kemalariga xizmat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilayotgan cheklovlar bekor qilinishi shart;

▪️ Rossiya bayrog‘i ostida suzadigan kemalar uchun sanksiyalar bekor qilinishi lozim.

Kiritildi: 22:07 25.03.2025. O'qildi: 4029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!