Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Tojikistonda 30 mart kuni hayit bayrami nishonlanadi

Tojikistonda 30 mart kuni hayit bayrami nishonlanadi

Bu yil Tojikistonda Ramazon oyi 29 kun davom etishi mumkin, 30 mart kuni esa Ramazon bayrami nishonlanadi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Din ishlari, an’analar, tantanalar va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasiga tayanib, “Asia-Plus” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Tojikiston ulamolar kengashi 27 mart kuni yig‘ilish o‘tkazib, bayram sanasi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi.

“Joriy yilda Rajab va Sha’bon oylari 30 kundan iborat bo‘lgani sababli, Ramazon oyi 29 kun davom etishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, mintaqa mamlakatlari, Saudiya Arabistoni va boshqa musulmon davlatlari ham xuddi shu fikrga qo‘shilmoqda”, deyiladi Qo‘mita bayonotida.

Tojikistonda bu yil Ramazon 1 martdan boshlangan. Tojikiston ulamolar kengashi oyning boshlanishini Tojikiston Milliy fanlar akademiyasining Astrofizika ilmiy-tadqiqot instituti xulosasi asosida belgilagan.

Kiritildi: 22:51 25.03.2025. O'qildi: 1896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!