Bugun 21 mart, 2025 yil, juma

КИР

Xonanda Feruza Karimova 40 mln so‘mdan ziyod jarima to‘laydigan bo‘ldi

Xonanda Feruza Karimova 40 mln so‘mdan ziyod jarima to‘laydigan bo‘ldi

Xonanda Feruza Karimova qo‘shiq ijrosida she’rdan ruxsatsiz foydalangani uchun muallifga 40 mln so‘mdan ziyod to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda Intellektual mulk departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shoira M.Axrarova o‘ziga tegishli bo‘lgan “Dod degim kelyapti dastingdan” nomli she’ri ijrochi Feruza Karimova tomonidan “Dastingdan” nomli qo‘shig‘ida ruxsatsiz foydalanilganidan norozi bo‘lib ijrochidan tovon puli va ma’naviy zarar undirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi.

Sudning so‘rovi asosida Adliya vazirliging mas’ul xodimlari ushbu sud majlisida mutaxassis sifatida ishtirok etib, holatga huquqiy baho berdi. Sud majlisi davomida aniqlanishicha ijrochi Feruza Karimova “Dastingdan” nomli qo‘shig‘ini ijro etishda hamda barchaning e’tiboriga yetkazishda shoira M.Axrarovaning “Dod degim kelyapti dastingdan” nomli she’riga bo‘lgan mualliflik huquqlarini buzgan.

Sudning tegishli qaroriga muvofiq, shoira foydasiga ijrochidan BHMning 100 barobari ya’ni 37 500 000 so‘m miqdorida tovon puli hamda 5 000 000 so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunining 65-moddasiga asosan muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 11:41. O'qildi: 2062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!