21 mart, juma kuni Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari Rossiyaning Belgorod viloyatidagi Glotovo aholi punktida joylashgan Rossiya chegara postining boshqaruv markaziga havo zarbasi berdi. Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Rossiya bo‘linmalari kuchaytirilgan niqoblash choralarini qo‘llaganiga qaramay, ukrainalik uchuvchilar rossiyaliklarning ob’ektini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Zarba natijasida Ukraina Qurolli Kuchlari aloqa vositalari va boshqa texnik uskunalarni yo‘q qilishga erishdi.
"Ushbu boshqaruv markazining yo‘q qilinishi dushmanning Ukraina Mudofaa kuchlarining Sumi va Xarkiv viloyatlaridagi bo‘linmalariga qarshi jangovar harakatlar olib borish imkoniyatlarini sezilarli darajada zaiflashtiradi," - deya ta’kidladi Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi.