Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

"Manchester Siti" o‘zining instagramdagi sahifasida O‘FAga keskin murojaat yo‘lladi

"Manchester Siti" o‘zining instagramdagi sahifasida O‘FAga keskin murojaat yo‘lladi

Ushbu postning kommentida angliyalik muxlis O‘FAga keskin murojaat yo‘lladi va jiddiy tanqid qildi.

"O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, sizlar juda yomon ish olib borayotganingiz uchun Abduqodir Husanovning xavfsizligiga qisman javobgarsizlar.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolardan uning atrofini ko‘plab tanigan yoki tanimagan insonlar o‘rab olgani ko‘rinib turibdi. Bu uni chalg‘ityapti va asabiylashtirmoqda.

Uning xavfsiz va nazorat ostida bo‘lishini ta’minlash sizlarning burchingiz. Bu xoh O‘zbekistonda bo‘lsin, xoh terma bilan xorij safarlariga ham tegishli.

Uning bo‘sh vaqtini hurmat qilib, e’tiborini ortiqcha narsalarga chalg‘itmang va futbolchilik faoliyatini doimo birinchi o‘ringa qo‘ying.

Sizlarning bunday boshqaruvingiz va e’tiborsizligingizni shunchaki qabul qilib bo‘lmaydi. Ishingizni yaxshiroq bajaring", - deb yoziladi kommentda.

"Manchester Siti" o‘zining instagramdagi sahifasida O‘FAga keskin murojaat yo‘lladi

Kiritildi: 17:39 23.03.2025. O'qildi: 23689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!