Qo‘shma Shtatlar sun’iy intellektni tartibga solish qo‘mitasi tuzishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Oq uyda Amerikaning yirik texnologik kompaniyalari rahbarlari bilan sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
"Bu yerda o‘zini o‘zi boshqarish katta rol o‘ynaydi. Shuningdek, biz qandaydir qo‘mita, ehtimol 10 kishidan iborat qo‘mita tuzishni ko‘rib chiqmoqdamiz. Ular ushbu guruhdan bo‘lishi mumkin, toki qo‘mita sun’iy intellekt sohasidagi barcha faoliyatni nazorat qila olsin", dedi Tramp.