Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi qonun loyihasi Rossiya neft va gazini xarid qilayotgan davlatlarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy etish imkonini beradi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda AQSh senatori Lindsi Grexem ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjat bo‘yicha Senatda ovoz berish kelasi hafta bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“Prezident Donald Tramp bilan bir qator masalalar yuzasidan juda samarali uchrashuvdan so‘ng, u Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha ikki partiyaviy qonun loyihasiga ruxsat berdi”, — deb yozdi Lindsi Grexem X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq senator Grexem ushbu qonun loyihasi Amerika prezidentiga Rossiya neft va gazini xarid qilayotgan mamlakatlarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar hamda bojlar joriy etish vakolatini berishini ta’kidlagan edi.

Mazkur tashabbus Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirish hamda uning energetika sektoridan olinadigan daromadlarini cheklashga qaratilgan.

Kiritildi: 12:15 09.01.2026. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!