AQSh prezidenti Donald Tramp Venesueladagi operasiya kubalik muhojirlar oilasida tug‘ilgan AQSh Davlat kotibi Marko Rubio uchun qasos harakati ekanligini aytdi.
Amerika yetakchisi bu bayonotni Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
U Rubio "Kubani yaxshi bilishini" ta’kidlab, orol davlati "moliyaviy va neft jihatidan Venesuelaga to‘liq qaram" ekanligini aytdi. Keyin boshlovchi Venesueladagi operasiya "Marko tomonidan qasos" bo‘lishi mumkinligini aytdi. "Balki shunday bo‘lgandir", deb javob berdi Tramp.