Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Venesuela ko‘plab mahbuslarni ozod qildi

Venesuela ko‘plab mahbuslarni ozod qildi

Venesuela Milliy Assambleyasi (Parlament) raisi Xorxe Rodriges qamoqdagi venesuelalik va xorijiy fuqarolarning katta qismini ozod qilish to‘g‘risidagi qarorni e’lon qildi.

Rodriges bu haqda Venezolana de Television kanalida bayonot berdi.

"Milliy birlik va tinch-totuv yashash uchun amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan sa’y-harakatlarni osonlashtirish va hamkorlik qilish maqsadida Bolivar hukumati davlat organlari bilan birgalikda Venesuelalik va xorijiy fuqarolarning katta qismini ozod qilishga qaror qildi", dedi Rodriges.

Parlament raisi ushbu qarorni Respublika tinchligi va farovonligini qo‘llab-quvvatlashga hissa sifatida ko‘rishga chaqirdi. U mahbuslarni ozod qilish allaqachon boshlanganini e’lon qildi.

3 yanvar kuni Qo‘shma Shtatlar Venesueladagi fuqarolik va harbiy nishonlarga hujum qildi. Venesuyela tashqi ishlar vaziri Ivan Gil Pinto Vashingtonning harakatlarini harbiy tajovuz deb atadi va mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp hujumlarni tasdiqladi. Vashington Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasini qo‘lga olish va mamlakatdan olib chiqish operasiyasini o‘tkazdi.

Kiritildi: 10:40 09.01.2026. O'qildi: 1000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!