Eron oliy yetakchisi mamlakat fuqarolarini AQSh prezidentining yordamiga umid bog‘lamaslikka chaqirdi.
Ali Xomanaiy, shuningdek, Donald Trampning qo‘llari “mingdan ortiq eronliklarning qoni bilan bulg‘anganini” ta’kidladi va AQSh prezidentining ag‘darilishini bashorat qildi. U Trampni Qo‘shma Shtatlarning ichki ishlari bilan shug‘ullanishga chaqirdi.
Eronda ommaviy namoyishlar dekabr oyi oxirida milliy valyutaning qadrsizlanishi va valyuta kursining keskin tebranishlari sababli boshlangan edi. Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, 8 yanvar kechqurun Tehronda tartibsizliklar yana avj oldi. NetBlocks monitoring xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda internet to‘liq o‘chirilgan.