Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Rossiya nefti va gazining yirik xaridorlariga boj joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Tramp Rossiya nefti va gazining yirik xaridorlariga boj joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda


AQSh energetika vaziri Kris Raytning CBS News telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, prezident Donald Tramp Rossiya nefti va gazini eng ko‘p sotib oladigan davlatlarga boj joriy etish bo‘yicha qarorni ehtimoliy oqibatlarni baholagandan keyin qabul qiladi.

Raytning ta’kidlashicha, Tramp bunday qarorlarni odatda eng so‘nggi daqiqada qabul qiladi.

17 sentyabr kuni Tramp Rossiya mahsulotlari importiga 500 foizgacha, Rossiya nefti va gazini yirik hajmda sotib oladigan davlatlardan keltiriladigan mahsulotlarga esa 100 foizgacha boj joriy etishni nazarda tutuvchi qonunni imzolagandi.

Vashingtonning bahosiga ko‘ra, bu choralar Rossiya nefti eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni aylanib o‘tishga yordam berayotgan davlatlarga ham ta’sir qilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!