Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Qrimni savdo vositasi sifatida ko‘radi

Tramp Qrimni savdo vositasi sifatida ko‘radi

AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi urushni tugatish rejasida bosib olingan Qrimning Rossiya hududi sifatida rasman tan olinishi mumkin, bu esa Kiyev uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bu haqda The Telegraph tinchlik rejasi loyihasini ko‘rib chiqib, yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Tramp Qrimning Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinishini tinchlikka erishish uchun maqbul narx deb biladi. Biroq bunday harakat xalqaro huquq va AQShning avvalgi pozisiyasiga ziddir.

Avvalroq, 2018 yilda o‘sha paytdagi davlat kotibi Mayk Pompeo Qrimning anneksiya qilinishi xalqaro munosabatlarning fundamental tamoyillarini buzganini aytgandi.

Tramp, The Telegraph nashrining yozishicha, xalqaro tashkilotlar fikriga e’tibor bermayapti va Ukraina Qrimdan voz kechishi kerakligini ta’kidlamoqda. Kreml yarim orolni Qora dengiz suvlarini nazorat qiluvchi Rossiya uchun strategik mintaqa deb biladi.

Qrimni tan olish g‘oyasi G‘arb yetakchilari orasida salbiy munosabat uyg‘otdi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer va Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius hududiy imtiyozlar muhokama qilinayotganini, biroq Tramp taklif qilgan miqyosda emasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 20:44 29.04.2025. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!