"Biz sanksiyalar haqida ko‘p gapiramiz. Aytishim mumkinligi nki, Putin bundan mamnun emas. Lekin bilasizmi, u sanksiyalarni yenga oldi, bu juda qattiq sanksiyalar edi. Hozir biz yana sanksiyalar haqida ko‘p gapiryapmiz va Putin ularning joriy etilishi mumkinligini tushunadi. U professional", — deya fikr bildirdi AQSh prezidenti.
Tramp, shuningdek, Rossiyaga nisbatan Eron bilan solishtirganda yanada qattiqroq siyosat yuritganini ta’kidladi va Ukraina mojarosini hal qilishni xohlashini, biroq hech narsaga kafolat bera olmasligini tan oldi.
Shu bilan birga, Tramp AQSh Ukrainaga, Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishni davom ettirishi mumkinligini ham inkor etmadi.
AQSh prezidenti bu mavzuni 4 iyul kuni Zelenskiy bilan telefon orqali muhokama qilganini aytdi.