Joriy hafta AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon suhbati deyarli bir soat davom etdi. Muzokaralar keskin va tortishuvli muhitda o‘tdi. Putin, xabarlarga ko‘ra, urushni to‘xtatishga qiziqish bildirmadi va Trampning takliflariga sovuqona munosabat bildirdi.
Tramp suhbatdan so‘ng AQSh jurnalistlari oldida ochiq norozilik bildirdi:
«Putin to‘xtamoqchi emas», — dedi u qattiqqo‘llik bilan.
«Men juda xafaman. Bu suhbatdan umuman qoniqmadim. Putin bilan munosabatlarim juda murakkab va o‘zgaruvchan», — dedi u.
Unga ko‘ra, Putin tinchlik sari hech qanday qadam tashlashni istamayapti. Kreml esa bu norozilikka e’tibor qilmagan ko‘rinadi. Putinning maslahatchisi Ushakov quyidagini ma’lum qildi:
«Rossiya o‘z maqsadlariga sodiq qolmoqda. Prezidentlar suhbatda bir-birini yaxshi tushunishdi».
Biroq Trampning reaksiyasi bu so‘zlarni inkor etadi — u natijalarsiz qoldi, Putin esa mustaxkam va o‘zgarmas pozisiyani saqlab qoldi.
📍 Suhbat tugaganidan so‘ngoq Rossiya Kiyev tomon 550 ta raketa va dron yo‘lladi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bunday dedi:
«Bu urush boshlanganidan beri eng dahshatli kechalardan biri edi. Putin ochiq ko‘rsatmoqda: unga Tramp ham, AQSh ham ahamiyatsiz. Endi so‘z yetarli — amal qilish kerak!»
U Putinga qarshi qat’iy sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi.
🇺🇸 Ammo Vashingtondan hech qanday yangi sanksiyalar yoki choralar e’lon qilinmadi. Faqatgina:
«Tomonlar o‘rtasida muloqot davom ettiriladi», — degan bayonot berildi.
Tramp esa Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatni rejalashtirayotganini bildirdi. Biroq bu va’daning Kiyevda jiddiy qabul qilinmayotgani ayon — ular aniq harakatlarni kutmoqda.