AQSh prezidenti Donald Tramp Argentina prezidenti Xavyer Miley bilan uchrashuvda Vladimir Putin «shunchaki Ukrainadagi harbiy harakatlarni tugatishni xohlamaydi», deb bayonot berdi.
«Men juda ranjidim, chunki biz Vladimir bilan juda yaxshi munosabatda edik va ehtimol, ular hozir ham shundaydir. Men tushunmayman, u nega bu urushni davom ettirmoqda», — dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti mojaroni ancha oldin tugatishi mumkin edi, lekin bunday qilmadi.
«Bu urush unga juda yomon ta’sir qildi. U endilikda to‘rtinchi yil urushga kirmoqda, holbuki uni bir haftada yutqazishi kerak edi», — deya qo‘shimcha qildi Amerika rahbari.
Tramp, shuningdek, Rossiya iqtisodiyoti «emirilmoqda», mamlakatda esa «benzin uchun uzun navbatlar» borligini ta’kidladi.